O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi60 topshiriq · 5 guruh · 15 daqiqa
1936-yilda Dj. Raven va L. Penrouz tomonidan umumiy intellektni o'lchashga mo'ljallangan «Progressiv matritsalar» testi ishlab chiqilgan. Mazkur test ma'lum shakllar, ularning xususiyatlari, xarakteri, o'zaro munosabatlari va munosabatlari yig'indisini idrok qilish qobiliyatini o'rganishga qaratilgan.
Sizga mantiqiy fikrlash va fikran tahlil etishni talab etuvchi 60 ta test-sinov topshirig'i berilgan. Ular 5 ta guruhga ajratilgan bo'lib, har bir guruh topshiriqlarini bajarish ma'lum bir turdagi intellektual qobiliyatni (abstrakt — mavhum fikrlash, mantiqiy bog'lanishlarni topa bilish va tahlil etish, predmetni yaxlit va tarkibiy qismlarga ajratgan holda ko'z oldiga keltirish, fikran tasavvur qila bilish) talab etadi.
Har bir topshiriq 2 qismdan iborat:
a) 1-qismda katta to'rtburchak ramka ichida TUGALLANMAGAN ma'lum bir geometrik shakllar majmuasi berilgan;
b) 2-qismda esa yuqoridagi shaklni TUGALLASH uchun zarur elementlar majmuasi keltirilgan.
Sizning vazifangiz — ana shu 6 yoki 8 element orasidan yuqoridagi shaklni tugallash uchun mos keluvchi yagona qismni topish va uning raqamini belgilash.
Sinov mobaynida shoshmasdan, tartib bilan ishlang va topshiriqlarni berilgan ketma-ketlikda bajarib boring!
Sizga sinovda muvaffaqiyat tilaymiz!
Sizda 15 daqiqa va 60 ta topshiriq bor
Familiya, ism, sharifingiz
IQ yoshingizga qarab hisoblanadi. Topshiriqlar A dan E gacha guruhma-guruh beriladi. Javoblar avtomatik saqlanadi.
Rasmni tugallash uchun mos qism raqamini tanlang
Eng yuqori natijalar
Bu turda qatnasha olmadingiz
Eng yuqori natijalar